Nutva Pharm - bu sog'lom hayot tarzi uchun yaratilgan, tabiiy va samarali biofaol qo'shimchalar ishlab chiqaruvchi zamonaviy brend. Bizning asosiy maqsadimiz - inson salomatligini qo'llab-quvvatlash, immunitetni mustahkamlash va organizmga zarar yetkazmasdan foyda beradigan yechimlarni taqdim etishdir. 2020-yilda Nutva Pharm o'zining ilk mahsuloti - Nutva Complex orqali O'zbekiston, O'rta Osiyo va Rossiya bozorlarida e'tirof etila boshladi. Dastlab mahalliy bozorni o'rganib, mijozlar ehtiyojiga mos maxsus tarkiblar asosida mahsulotlar yaratildi. Bugungi kunga kelib, Nutva Pharm assortimentida bolalar, ayollar, erkaklar va keksa yoshdagilar uchun alohida liniyalar mavjud. Biz har bir mahsulotni puxta ilmiy yondashuv, ekologik toza xomashyo va xalq tabobatining eng yaxshi an'analari asosida ishlab chiqamiz. Nutva Pharm - bu shunchaki biofaol qo'shimcha emas, bu - tabiat va ilm uyg'unligidagi sog'lom yashash falsafasi.
Ko'p so'raladigan savollar
Tabiiy tarkib
Barcha mahsulotlarimiz o'simlik ekstraktlari, minerallar va foydali vitaminlar asosida yaratilgan. Bo'yoqlar, antibiotiklar va konservantlar yo'q.
Natijasi isbotlangan
Yurtimiz bo'ylab minglab odamlar Nutva bilan sog'lig'ini tikladi. Ularning hikoyalari - bizning faxrimiz va biz ularni YouTube kanalimizga joylab boramiz.
Shifokorlar bilan hamkorlik
Nutva mahsulotlari tajribali mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo'lib, u malakali shifokorlar tomonidan tavsiya etilmoqda.Mijozlarimiz doimiy tibbiy nazorat ostida va viloyatlararo bepul ko'riklar tashkil qilinib kelinmoqda
Ishonchli va qulay
Mahsulotlarimiz xalqaro sifat standartlariga javob beradi. Qadoqlari esa tushunarli va foydalanishga qulay.
Biz haqimizda
Brend haqida
Sog'lomlashtirish majmuasi
